Ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati
1. Umumiy qoidalar
Ushbu shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi O'RQ-547-son Qonuni talablariga muvofiq tuzilgan va "BILIM LMS" MCHJ (keyingi o'rinlarda — Operator) tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tartibini va ularning xavfsizligini ta'minlash choralarini belgilaydi.
1.1. Operator o'z faoliyatini amalga oshirishda inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga bo'lgan huquqlarini himoya qilishni eng muhim maqsadi va sharti deb biladi.
1.2. Operatorning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga oid ushbu siyosati (keyingi o'rinlarda — Siyosat) veb-saytga tashrif buyuruvchilar haqida Operator olishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.
2. Siyosatda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar
- Shaxsiy ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash — hisoblash texnikasi vositalari yordamida shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash.
- Shaxsiy ma'lumotlarni bloklash — shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni vaqtincha to'xtatib turish (ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun qayta ishlash zarur bo'lgan hollar bundan mustasno).
- Veb-sayt — internet tarmog'ida ularning mavjudligini ta'minlaydigan grafik va axborot materiallari, shuningdek, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari to'plami.
3. Operator foydalanuvchining quyidagi shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashi mumkin
- Familiyasi, ismi, otasining ismi;
- Telefon raqami;
- Elektron pochta manzili;
- Kompaniya nomi;
4. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari
Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashdan maqsad — elektron pochta xabarlarini yuborish orqali foydalanuvchini xabardor qilish; foydalanuvchiga veb-saytda mavjud bo'lgan xizmatlar, ma'lumotlar va/yoki materiallardan foydalanish imkoniyatini berish; potentsial hamkorlik va LMS tizimini joriy qilishni muhokama qilish.
5. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari
Operator foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini faqat foydalanuvchi tomonidan saytda joylashgan maxsus shakllar orqali mustaqil ravishda to'ldirilgan va/yoki yuborilgan taqdirdagina qayta ishlaydi. Tegishli shakllarni to'ldirish va/yoki o'z shaxsiy ma'lumotlarini Operatorga yuborish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosatga o'z roziligini bildiradi.
6. Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, saqlash, uzatish va boshqa turlarda qayta ishlash tartibi
Operator tomonidan qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablarini to'liq bajarish uchun zarur bo'lgan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rish orqali ta'minlanadi.
Operator shaxsiy ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlaydi va ruxsat etilmagan shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarga kirishini imkon qadar cheklash choralarini ko'radi.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini axborot texnologiyalari yordamida qayta ishlashda ularni yig'ish, tizimlashtirish va O'zbekiston Respublikada hududida joylashgan ma'lumotlar bazalarida saqlash lozim. Bilim LMS ushbu talablarga to'liq javob beradi.
7. Yakuniy qoidalar
Foydalanuvchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga oid qiziqtirgan savollari bo'yicha barcha tushuntirishlarni Operatorga info-uz@lms-service.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilib olishi mumkin.
Ushbu hujjatda Operator tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatidagi har qanday o'zgarishlar aks ettiriladi. Siyosat yangi tahriri bilan almashtirilguniga qadar muddatsiz amal qiladi.