O'zbekistondagi masofaviy ta'lim bozori (LMS) asosan uchta yo'nalishdan tashkil topgan: dunyoda eng mashhur bepul ochiq kodli tizim Moodle; Rossiyaning tayyor SaaS platformasi iSpring Learn va aynan O'zbekiston ichki bozori va uning qonuniy va til ehtiyojlari uchun maxsus yaratilgan bizning Bilim LMS platformamiz. Ularning har biri o'zining yutuq va kamchiliklariga ega.
Biz 2011-yildan buyon Moodle platformasi bilan amaliy ishlab kelmoqdamiz. Unda o'nlab murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli topshirganmiz va uning barcha qiyinchiliklarini yaxshi bilamiz. 2024-yilda esa Moodle-ning moslashuvchanlik xususiyatlarini saqlab, uning noqulay kamchiliklarini bartaraf etgan holda Bilim LMS tizimini yo'lga qo'ydik.
Moodle — Kuchli va moslashuvchan, lekin saqlash qimmat
Moodle — dunyadagi eng mashhur tizim bo'lib, uning ochiq kodi foydalanuvchiga to'liq erkinlik beradi. Siz uni bepul yuklab olasiz, ammo amaliyotda o'ziga xos katta chiqimlar paydo bo'ladi.
iSpring Learn — Kichik va o'rta biznes uchun sodda yopiq quti
iSpring — Rossiyaning tayyor SaaS tizimi bo'lib, o'rta doiradagi kompaniyalarga yetarli interfeys va tez ishga tushirish taqdim etadi.
Bilim LMS — Mahalliy bozor uchun mukammal yechim
Bilim LMS bulutli dastur afzalliklarini kafolatlangan moslashtirish, qat'iy xavfsizlik va o'zbek tilidagi mukammal xizmat ko'rsatish bilan uyg'unlashtiradi.
Tizimlarning xarakterli solishtirish jadvali
| Mezon nomi | Moodle | iSpring Learn | Bilim LMS |
|---|---|---|---|
| Egalik qilish qiymati (50 ta foydalanuvchi) | yiliga kamida 65 mln so'm | yiliga kamida 15.6 mln so'm | ✔ 15 480 000 so'm/yil |
| O'zbek tilidagi texnik yordam | Mavjud emas | Mavjud emas | ✔ To'liq mavjud (100%) |
| Ma'lumotlarni O'zbekistonda saqlash | Faqat o'zingiz server sozlasangiz | Yo'q (serverlar Rossiyada) | ✔ Ha (100% Toshkentda) |
